<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Oʻtib bormoqdadur
 Makkor zamoni
 Kimda orzu moʻldur
 Kimning armoni.
 Ustimda ushbu kun
 Masihning qoni
 Yemang zamondoshim
 Oʻzgani haqqin
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!

[V2]
 Dunyo jozibasi
 Kundan kun goʻzal
 Tortadi domiga
 Koʻz ochgan maxal.
 Xar burchakda poylab
 Oʻshqirar ajal.
 Faqat Masih bunga
 Boʻlar toʻsiq chin
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!

[V3]
 Sabr qilib hamon
 Kutmoqda Rabbim
 Gunohingdan azob
 Yutmoqda Rabbim.
 Qachon uygʻonasan
 Ey, mudroq qalbim
 Rabbingni eslagin
 Yod ol, biroz tin
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!

[V4]
 Vayrona koʻngillar
 Xasrat toʻla dil.
 Neni talashyabsiz
 Nega zahar til?!!
 Kechirib yaqining
 Endi shukur qil!
 Qancha fursat qoldi
 Bir bora boqqin
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!

[V5]
 Inoyat berildi:
 Tinchlik, marhamat!
 Qalbimiz anglasa
 Tushunsak shoyad.
 Ne uchun Qon toʻkdi
 Bilmasak nahot!!!
 Koʻrmasak hayotning
 Qora-yu, oqin
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!!

[V6]
 Ogoh boʻl yaqinim
 Ogoh boʻl inim,
 Ogoh boʻl qardoshim
 Ogoh boʻl singlim!
 Ogoh boʻl insoniyat
 Boʻlmagin sen kim!
 Afsusda yonmagin
 Hukm boʻlar kun
 Masihning kelishi
 Kundan kun yaqin!</lyrics>
<title>Masih kelishi</title>
</song>